Viloyatlararo birga safarlar
Yoʻli bir odamlar bir mashinada boradi va yoʻl xarajatini boʻlishadi. Haydovchilar tekshirilgan, raqamingiz yashirin.
Telegramda ochiladi. Ilova yuklab olish shart emas.

- Tekshirilgan haydovchilar
- Raqamingiz yashirin
- Telegram ichida
- 14viloyat: butun Oʻzbekiston
- 26asosiy yoʻnalish
- 67kanal Telegramda
- 1daqiqada safar eʼlon qilasiz
Tanish holatmi?
-
Mashina toʻlguncha soatlab kutish
Safar vaqti oldindan maʼlum. Joyni uydan band qilasiz.
-
Bayramda narx oshadi
Narx oldindan koʻrinadi. Tavsiya etilgan narx yoʻl xarajatiga qarab hisoblanadi.
-
Notanish haydovchi
Har bir haydovchi tekshirilgan. Reyting va fikrlarni oldindan koʻrasiz.
-
Mashinada ayol bormi?
«Mashinada ayol bor» belgisi bilan buni oldindan bilasiz.
-
Qaytishda boʻsh mashina
Qaytish safarini ham eʼlon qiling. Yoʻlovchilar sizni topadi.
Qanday ishlaydi







Qayerga borasiz?
Qayerdan va qayerga ketishingizni tanlang: xaritada yoʻnalish, masofa va bir joy narxi.
→
Yoʻnalishlar
Toshkentdan har bir viloyat markaziga va orqaga. Yoʻnalishni tanlang: masofa, narx va safar topish tugmasi.
Haydovchimisiz?
Baribir yoʻlga chiqasiz. Boʻsh joylarni yoʻlovchilarga bering va yoʻl xarajatini qoplang.
-
Pitakda kutish shart emas
Safarni eʼlon qiling. Yoʻlovchilar sizga oʻzlari yozadi.
-
Qaytishda ham yoʻlovchi
Bir tugma bilan qaytish safarini eʼlon qilasiz.
-
Boshlash uchun 500 000 soʻm bonus
Komissiya bir joy narxining 10 foizi, kamida 3 000 soʻm. Bonus komissiyaga ishlatiladi.
Xavfsizlik birinchi oʻrinda
-
Tekshirilgan haydovchilar
Har bir haydovchining yuzi, mashinasi va davlat raqamini jamoamiz tekshiradi.
-
Mashinada ayol bor
Yoʻlovchi ayollar shunday safarlarni alohida topa oladi.
-
Raqamingiz yashirin
Yozishma va qoʻngʻiroq faqat Rida ichida. Qoʻngʻiroq yozib olinmaydi.
-
Yaqinlaringiz kuzatadi
Safaringizni oilangizga yuboring: ular mashina va safar holatini koʻradi.
-
Shikoyat va bloklash
Qoidani buzgan odam ustidan shikoyat qiling. Jamoamiz koʻrib chiqadi va kerak boʻlsa bloklaydi.

Hammasi Telegramda
Ilova yuklab olish shart emas. Har bir yoʻnalishning oʻz kanali bor: yangi safarlar u yerda ham chiqadi.
10Toshkent viloyati
60Andijon viloyati
40Fargʻona viloyati
- Rida | Fargʻona | Fargʻona tumani (Vodil) | Quvasoy
- Rida | Margʻilon | Fargʻona shahri
- Rida | Qamchiq | Furqat | Qoʻqon
- Rida | Qoʻqon | Bagʻdod | Rishton | Soʻx
- Rida | Qoʻqon | Dangʻara | Buvayda | Uchkoʻprik
- Rida | Qoʻqon | Oltiariq | Qoʻshtepa
- Rida | Qoʻqon | Oʻzbekiston | Beshariq
- Rida | Toshloq | Yozyovon | Quva
50Namangan viloyati
20Sirdaryo viloyati
25Jizzax viloyati
30Samarqand viloyati
80Buxoro viloyati
85Navoiy viloyati
70Qashqadaryo viloyati
75Surxondaryo viloyati
90Xorazm viloyati
95Qoraqalpogʻiston Respublikasi
Koʻp beriladigan savollar
Rida taksimi?
Yoʻq. Haydovchi oʻz ishi bilan yoʻlga chiqadi va boʻsh joylarga yoʻlovchi oladi. Yoʻl xarajati hammaga boʻlinadi.
Narxni kim belgilaydi?
Haydovchi. Rida yoʻl xarajatiga qarab tavsiya etilgan narxni koʻrsatadi. Yoʻlovchi haydovchiga oʻzi toʻlaydi.
Haydovchi qanday tekshiriladi?
Haydovchi yuzi, mashinasi va davlat raqami rasmini yuboradi. Jamoamiz tekshiradi, shundan keyin safar eʼlon qilish mumkin.
Telefon raqamim koʻrinadimi?
Yoʻq. Yozishma va qoʻngʻiroq Rida ichida boʻladi. Raqamingizni hech kim koʻrmaydi.
Ilova yuklab olish kerakmi?
Yoʻq. Hammasi Telegram ichida ishlaydi.
Haydovchi uchun qancha turadi?
Joy tasdiqlanganda bir joy narxining 10 foizi, lekin kamida 3 000 soʻm. Yangi haydovchiga 500 000 soʻm bonus beriladi.
Muammo boʻlsa, kimga yozaman?
@rida1uz_yordam_bot botiga yozing. Jamoamiz javob beradi.